Samarqand xalqaro aeroporti terminali ochilganining ikki yilligini nishonlamoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 09:32
2024 yilning 18 mart kuni «Air Marakanda» aviakompaniyasi Samarqand xalqaro aeroportida terminal ochilishining ikki yilligi munosabati bilan bayram tantanalarini o‘tkazdi.

Aeroport terminalida jahon miqyosidagi yulduz va aeroport elchisi Sevara Nazarxon mehmonlar va yo‘lovchilar uchun jonli ijroda konsert berdi. Taniqli xonandaning jonli ijrosini istalgan kishi tinglashi mumkin edi. Qirq daqiqa davomida terminal xodimlari, yo‘lovchilar va mehmonlar sevimli ijrochining qo‘shiqlaridan bahramand bo‘lishdi.



Shuningdek, «Air Marakanda» bosh direktorining tijorat bo‘yicha o‘rinbosari Artem Pak ham tabrik so‘zi bilan chiqdi.

Tadbir doirasida aeroport terminalida tematik foto zona tashkil etilib, Navro‘z bahor bayrami arafasida barchaga sumalak tarqatildi.


«Air Marakanda» O‘zbekiston aviasiya tarixida xalqaro aeroportni davlat-xususiy sheriklik asosida boshqargan birinchi xususiy kompaniya hisoblanadi.

Terminalni "Air Marakanda" to‘liq boshqaruviga o‘tkazish boshlanganidan beri (06.1.2022) Samarqand xalqaro aeroporti o‘zining tarixiy maksimal ko‘rsatkichini bir necha bor yengdi. Bu davrda jami 1 million 600 ming 618 nafar yo‘lovchiga 7 ta ichki va 21 ta xalqaro yo‘nalishdagi reyslarda xizmat ko‘rsatildi. Ulardan Dubay, Boku, Abu-Dabi, Tel-Aviv, Urumchi, Jidda, Quvayt, Izmir, Mineralne Vodi, Ufa, Samara va Urganch shaharlari birinchi marta ochildi.
«Air Marakanda» aviakompaniyasi bosh direktori Anton Xo‘jayan shunday dedi:

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati