Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksdagi navbatdagi jangini qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 47
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 08:34
Professional bokschimiz Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jangi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.

Hamyurtimiz prof faoliyatidagi 15-jangini 20 aprel kuni Las-Vegas (AQSH) shahrida o‘tkazadi. Bu haqda uning menejeri Vadim Kornilov xabar berdi. O‘sha kuni Meliqo‘ziyevga kim raqiblik qilishi hozircha ma’lum emas. Shunisi aniqki, Bektemir markaziy jangi Rayan Garsiya va Devin Xeyni o‘rtasida kechadigan oqshom kardida ringga chiqadi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda AQSHda mashg‘ulotlarni davom ettirayotgan Meliqzo‘iyev o‘z vazn toifasida WBA Intercontinental va WBO Intercontinental kamarlari sohibi hisoblanadi. U so‘nggi jangini 2023 yil oktyabr oyida Alantes Foksga qarshi o‘tkazib, to‘rtinchi raundda texnik nokaut orqali g‘alabaga erishgan edi. Uning hisobida jami 13 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat bor.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati