Braim Dias Marokash terma jamoasida qaysi raqam ostida to‘p tepishi ma’lum bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 44
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 08:24
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi va Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Braim Dias Marokash terma jamoasida 10-raqamli libosda maydonga tushadi. Bu haqda Diario AS nashri xabar berdi.

Oldinroq "Real"ning hujumkor yarim himoyachisi Marokash terma jamoasida o‘ynashini ma’lum qilgandi. Dias 2021 yilning iyun oyida Ispaniya terma jamoasi safida bitta o‘yin o‘tkazgan. O‘shanda "qizil furiya" Litva terma jamoasini 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Eslatib o‘tamiz, Dias Ispaniyada tug‘ilgan, ammo uning ota-onasi marokashlik.

Braim joriy mavsumda "Real" safida barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda maydonga tushdi. Yarim himoyachi 9 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati