O‘zbekiston ilk bor UNODC Yoshlar forumida ishtirok etdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 43
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 08:12
2-14 mart kunlari O‘zbekiston yoshlari Giyohvand moddalar bo‘yicha komissiyaning (CND) 67-sessiyasi doirasida BMTning Yoshlar tashabbusi tomonidan tashkil etilgan yillik forumida ilk bor ishtirok etdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Tadbirda dunyoning 27 davlatidan 35 nafar yosh ishtirokchi qatnashib, unda giyohvandlikning oldini olish va yoshlar salomatligini mustahkamlash borasidagi muhim masalalar muhokama qilindi.



Yoshlar forumi dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan yosh yetakchilarning o‘zaro fikr va tajribalarini almashish maydoniga aylandi. O‘zbekistonlik ishtirokchilar yangi konsepsiya va tashabbuslardan qoyil qolishdi hamda turli mamlakatlardagi tengdoshlari bilan muloqot qilish imkoniyatidan bahramand bo‘lishdi.



BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori Gada Vali yosh yetakchilarni samimiy qutlab, ularni ushbu forumdan bilim olish va o‘zaro muloqot qilish uchun foydalanishga undadi. Siyosat tahlili va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi direktori Jan-Lyuk Lemaxye ham ushbu tadbirning yoshlar tashabbuslarini rivojlantirishdagi ahamiyatini alohida ta’kidladi.

O‘zbekiston yoshlarining forumda ishtirok etishi Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq yanada sog‘lom va xavfsiz jamiyat yaratishga hissa qo‘shadi. Bu, shuningdek, yoshlarning global muammolarni hal etishda faol ishtirok etish, umumiy maqsadlarga erishish uchun tajriba almashish istagini yana bir bor tasdiqlaydi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati