Qo‘shma korxonada dori vositalari ishlab chiqariladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 46
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 08:00
O‘zbekistonning “Shifokor-82” hamda Hindistonning “Avantika Medex Pvt. Ltd.” kompaniyalari hamkorligida Zomin tumanidagi 11,5 gektar maydonda tayyor farmasevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo‘shma korxona bunyod etilishi rejalashtirilgan.

Ushbu loyihani amalga oshirish uchun 30 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘, shundan 15 millioni AQSh dollari xorijiy sarmoyaga to‘g‘ri keladi. Kelajakda korxonada tabletka, kapsula, in’eksiya, gel va boshqa shakldagi dori vositalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Yangi “Avantika Shifokor “O‘zbekiston – Hindiston qo‘shma korxonasida tayyorlanadigan mahsulotlarning 70 foizini tashqi bozorga, qolgan 30 foizini ichki bozorga chiqarish mo‘ljallanmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati