Real hakam ustidan Ispaniya Qirollik futbol federasiyasiga shikoyat qildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 24
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 07:46
Madridning “Real” klubi La Liganing 29-turidan o‘rin olgan “Osasuna”ga (4:2) qarshi o‘yin bosh hakami Xuan Martines Munuera ustidan Ispaniya Qirollik futbol federasiyasiga shikoyat qildi.

Madrid klubi rasmiy bayonot berib, Munueraning harakatlarini qayta ko‘rib chiqishni so‘raganini ma’lum qildi. "Los-Blankos" xabariga ko‘ra, hakam Vinisiusning nomiga aytilgan haqoratlarni "Real Madrid"ning boshqa o‘yinchilari unga xabar qilishganiga qaramay, atayin payqamaganlikka olgan.

“Real” shuningdek, sportdagi zo‘ravonlik, irqchilik, ksenofobiya va murosasizlikka qarshi kurash bo‘yicha davlat komissiyasiga ham shikoyat qilgan.

O‘yin davomida “Osasuna” muxlislari dubl qayd etgan Vinisiusga: “Vinisius, o‘l!” deb baqirishdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati