Milan turk klubiga yaxshilangan taklif bilan chiqmoqchi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 24
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 07:42
"Milan" "Fenerbaxche" yarim himoyachisi Sebastyan Shimanskiga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi Akşam.

Manba bergan xabarga ko‘ra, turk klubi 24 yoshli polyakni Italiya jamoasiga 18 million yevro evaziga sotishdan bosh tortgan, ammo "rossoneri"lar taklifni yaxshilash niyatida.

Transferning taxminiy summasi 25 million yevroga baholanmoqda. Futbolchiga "Milan"dan tashqari "Napoli" va "Tottenxem" ham qiziqish bildirmoqda.

Shimanski "Fenerbaxche"ga 2023 yilning iyulida Moskvaning "Dinamo" klubidan o‘tgan edi. 2023/24 yilgi mavsumda yarim himoyachi jamoa safida barcha musobaqalarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt.com portali futbolchining narxini 20 million yevroga baholamoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati