Poytaxtimizda milliy san’at va an’analar festivali bo‘lib o‘tadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 07:36
Betakror ayyom – Navro‘zumumxalq bayramini munosib nishonlash doirasida Toshkent shahrida “MAKON FEST-2024” III milliy san’at va an’analar festivali tashkil etilmoqda.

Mazkur yirik tadbir Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish agentligi, “Makon” festivallar uyushmasi hamda qator davlat va nodavlat tashkilotlar hamkorligida 20-24 mart kunlari Milliy Bog‘ hududidagi ochiq maydonda o‘tkaziladi.

Mamlakatimiz folklori boyligi, bebaho san’ati va gastronomiya rang-barangligini yorqin aks ettiruvchi qiziqarli dasturlarga boy bo‘lishi kutilayotgan tadbir uchun milliy meros va vatanparvarlik atrofida birlashish g‘oyasini aks ettiruvchi “Biz bir Makon – biz O‘zbekiston” shiori tanlandi. Festival mahalliy aholi, shuningdek Italiya, AQSH, Xitoy, Rossiya, Fransiya, Shveysariya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Isroil, Ispaniya, Gresiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlardan mehmonlar, sayyohlarni chorlaydi. Mehmonlar besh kunlik dasturda, jumladan, saralangan milliy va zamonaviy musiqa tanglashi, raqs guruhlari chiqishini tomosha qilishi, an’anaviy xalq bayramlari ko‘rinishlari va qiziqarli o‘yinlardan bahramand bo‘lishadi.

Mohir hunarmandlarning mahorat sabog‘i, an’analarimiz rang-barangligini namoyish etadigan turli xalq o‘yinlaridan iborat sharqona ko‘rgazma anjuman mazmunini yanada boyitadi.

Ginnes rekordlari qatoridan o‘rin olishga da’vogar 10 tonnali mega-sumalak pishirilishi jarayoni asosiy tadbirlardan biriga aylanadi.

Milliy kurash, o‘q otish va boshqa turli xalq o‘yinlari namoyishi sport va jismoniy barkamollik ruhini mujassam etadi.
Maydonda beqiyos mahorat va jasorat namoyon etib, tomoshabinlarni sirk san’ati olamiga yetaklovchi dorbozlar chiqishiga alohida e’tibor qaratiladi. An’anaviy madaniyat festivali qiziqarli gala-konsert bilan yakunlanadi. Bir so‘z bilan aytganda, “Makon fest-2024” O‘zbekiston ma’naviy hayotidagi eng muhim voqealardan biriga sifatida milliy turizm va madaniyatimiz tarixida yana bir yorqin sahifa ochishi ishi shubhasiz.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati