Uchta yirik asteroid Yer yaqinidan uchib o‘tadi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 42
- Формат: mp4
- Дата релиза: 19-03-2024, 07:26
NASA ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi bo‘lib 2024 EDZ deb nomlangan 96 metrlik asteroid yaqinlashadi va sayyoramiz yonidan 836 ming kilometr masofada yaqinlashadi. Bu asteroid samolyot kattaligida bo‘lib, u Yerga eng yaqin masofada 18 mart kuni uchib o‘tadi.
18 mart kuni Yerga kattaligi samolyotdek keladigan yoki 140 metrli ikkinchi asteroid ham yaqinlashadi. U sayyoradan 924 ming kilometr masofada uchib o‘tadi.
Uy kattaligidagi yana bir asteroid 18 mart kuni 1 330 000 kilometr masofada yaqinlashadi.
Qayd etilishicha, asteroidlar sayyora uchun xavf tug‘dirmaydi, deb xabar beradi zakon.kz.