“Titanik” kemasining aniq nusxasi quriladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 41
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 07:22
“Titanik”ning nusxasi uch yildan so‘ng safarga otlanadi. Bu haqda kema qurilishiga pul sarflayotgan avstraliyalik milliarder Kliv Palmer aytib o‘tdi.

Mazkur g‘oya tadbirkorda 12 yil avval tug‘ilgan, biroq uni amalga oshirish pandemiya tufayli keyinga surilgan edi. Titanikdan hamma narsani, shu jumladan ichki elementlarni nusxalash rejalashtirilgan.

Palmer o‘z intervyularidan birida ta’kidlaganidek, yo‘lovchilar uchun menyuni ham o‘ylab topdi: “Titanik II 2027 yilning iyun oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Siz dudlangan irland go‘shti bilan sabzavotlarni tatib ko‘rish, raqsga tushish va barcha yaxshi ko‘radigan – takrorlanmas taassurotga ega bo‘lishingiz mumkin”. Va bu faraz yoki qandaydir fantaziya emas, men haqiqat haqida gapiryapman va haqiqat shundaki, biz “Titanik”ni qurmoqdamiz.

Laynerning uzunligi deyarli 700 metr, eni 32 metrdan ortiq bo‘ladi. Kema to‘qqizta paluba va 835 kabinaga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan. U yerda ikki mingdan ortiq yo‘lovchi joylasha oladi.

“Titanik II”ning qurilishi 2025 yilda boshlanishi rejalashtirilgan. Loyihaga 500 ming dollardan 1 milliard dollargacha mablag‘ sarflanishi rejalashtirmoqda.

Avstraliyalik milliarder, har bir yo‘lovchini “Titanik” davridagi liboslar bilan ta’minlamoqchi.
Kliv Palmer “Titanik II” qurilishini 2026 yilning ikkinchi yarmigacha yakunlashni maqsad qilgan. Keyin kema Angliyaga yo‘l oladi va u yerda yo‘lovchilar Shimoliy Atlantika bo‘ylab Nyu-Yorkka olti kunlik sayohatga chiqishadi, deb xabar beradi ru.oxu.az.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati