• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Respublika OITSga qarshi kurash markazi hamda FHDYo organlari axborot tizimi integrasiya qilindi

Respublika OITSga qarshi kurash markazi hamda FHDYo organlari axborot tizimi integrasiya qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 07:02
Ushbu tizim orqali nikohlanuvchilarning OIVga tibbiy tekshiruv jarayoni qulay va sodda holatga olib kelindi. OIV bo‘yicha Elektron axborot tizimi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasining elektron bazasi bilan integrasiya qilinib, hozirgi kunda OIV infeksiyasi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nafaqa avtomatik tarzda belgilanib, ularning nafaqa olishida yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarga chek qo‘yildi.

Ushbu infeksiya bilan yashovchi onalardan tug‘ilgan bolalarga OIVning vertikal yo‘l bilan yuqishining oldini olish maqsadida homilador ayollarni infeksiyaga tekshirishlar 100 foiz qamrab olinmoqda. OIV aniqlangan holatda homilador dispanser hisobiga olinib, retrovirusga qarshi dori vositalari beriladi. Homiladorlik davridagi immunologik ko‘rsatkichlar va virus yuklamasi laboratoriyada tekshirib borilib, tug‘ruq kesar kesish usulida amalga oshiriladi hamda tug‘ilgan bolaga profilaktika maqsadida retrovirusga qarshi dori vositalari beriladi.

Bundan tashqari, OIV infeksiyali onalardan tug‘ilgan 700 nafardan ortiq bola olti oylik bo‘lguncha quruq sut aralashmalari bilan ta’minlanmoqda. 6 oylikkacha bo‘lgan go‘daklarni sun’iy quruq sut aralashmalari bilan ta’minlash bilan infeksiyani onadan bolaga yuqishini bartaraf etishga erishish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan. Bu kabi tizimli ishlar davom ettirilmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati