Yo‘l qurilishi sohasida davlat va xususiy boshqaruv takomillashtiriladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 07:00
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining «Pullik avtomobil yo‘llari to‘g‘risida»gi qonuni loyihasi jamoatchilik portaliga muhokamaga qo‘yildi.

Loyihada qayd etilishicha, taklif etilayotgan qonun loyihasining maqsadi yo‘l qurilishi sohasida davlat va xususiy boshqaruvni takomillashtirish, yo‘l sohasiga investisiyalarni jalb etish, yo‘l xo‘jaligida xususiy sektor texnologiyalari, nou-xau, ko‘nikmalari va resurslarini o‘zlashtirish, O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablag‘laridan samarali foydalanish, shuningdek, pullik avtomobil yo‘llarini amaliy joriy etish uchun huquqiy mexanizmni yaratish hisoblanadi.

Bundan tashqari, pullik yo‘llarni amaliyotga joriy etish orqali, tegishli tartibda ta’mirlash va muntazam ta’mirlash uchun to‘lovlarni yetarli miqdorda undirishda byudjetga yukni kamaytirish, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, avtotransport vositalarining harakatini tezlashtirish, umumiy yo‘llardagi yukni kamaytiradigan va transport vositalarining sig‘imini oshiradigan muqobil avtomobil yo‘nalishlarini yaratish, baxtsiz hodisalar sonini kamaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlanishicha, pullik avtomobil yo‘llarining qurilishi muqobil bepul avtomobil yo‘li mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi. Shuningdek, avtomobil yo‘llar sifatini yaxshilash va eng maqbul tezlik rejimidan foydalanish avtotransport vositalarining yoqilg‘i sarfini taxminan 10-15 foizga kamaytiradi va harakatlanish vaqtini qisqartiradi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati