G‘azoda kamida 1,1 mln odam ocharchilik xavfi ostida — BMT

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 47
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 05:52
G‘azo sektoridagi kamida 1,1 million kishi oziq-ovqat zaxiralarini tugatgan va halokatli ocharchilik xavfi ostida qolgan. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Nyu-Yorkda G‘azo masalasi bo‘yicha matbuot bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

Guterrishning aytishicha, oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha dunyoning yetakchi ekspertlari G‘azo shimolidagi ocharchilikning oldini olish ilojsiz ekanligini ma’lum qilishgan.

“G‘azodagi falastinliklarning yarmidan ko‘pi — 1,1 million kishi oziq-ovqat zaxiralarini to‘liq tugatdi, ularga halokatli ocharchilikka tahdid solmoqda. Xabarlarga ko‘ra, G‘azodagi falastinliklar dahshatli azob-uqubatlarni boshdan kechirmoqda”, — dedi u.

Shu bilan birga, Guterrish bu to‘xtatilishi mumkin bo‘lgan mutlaqo sun’iy ofat ekanligini ta’kidladi.

“Isroil hukumatini G‘azoga gumanitar yuklarning to‘liq va to‘siqsiz kirishini ta’minlashga, xalqaro hamjamiyatni esa insonparvarlik sa’y-harakatlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman”, — deya xulosa qildi Guterrish.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati