Grizmannning ajoyib seriyasi yakunlanadigan bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 50
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 05:22
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizmann to‘pig‘idagi muammolar tufayli mart oyida Fransiya terma jamoasiga yordam bermaydi. RMC Sport xabariga ko‘ra, odatda terma jamoada maydon markazida to‘p suradigan Grizmanning o‘rniga "uch ranglilar" safiga yarim himoyachi Matteo Genduzi chaqiriladi.

Shu tariqa Grizmanning aql bovar qilmaydigan seriyasi tugaydi – u Fransiya terma jamoasining so‘nggi 84 o‘yinining har birida maydonga tushgandi. Oxirgi marta "uch ranglilar" 2017 yilning iyun oyida Grizmannsiz o‘yin o‘tkazgan. O‘shanda Antuan Angliyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida 90 daqiqa zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgandi.

Eslatib o‘tamiz, yozda Fransiya terma jamoasi 2024 yilda Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionatida ishtirok etadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati