Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning 5 ta muhim qoidasi taqdim qilindi

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-04-2024, 14:40
Salomatlik va strategik rivojlanish instituti bo‘lim boshlig‘i, tibbiyot fanlari nomzodi Feruza Tohirova sog‘lom ovqatlanishning muhim qoidalari haqida aytib o‘tdi.

Kam harakatlik, genetik omillar, endokrin kasalliklar, noto‘g‘ri ovqatlanish yoki psixologik buzilishlar hamda stresslarga beriluvchanlik sababli so‘nggi yillarda dunyo miqyosida ortiqcha vazn va semizlik jiddiy muammoga aylandi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining statistik ma’lumotlariga ko‘ra, yurak qon-tomir kasalliklari yer yuzida o‘limning asosiy sababchisi bo‘lib, aynan semizlik uning rivojlanishiga olib keladi.

Xo‘sh, bu muammoning oldini olish uchun nima qilish lozim?

Salomatlik va strategik rivojlanish instituti bo‘lim boshlig‘i, tibbiyot fanlari nomzodi Feruza Tohirova sog‘lom ovqatlanishning muhim qoidalari haqida aytib o‘tdi.

1-qoida. Kunda 3 mahal asosiy ovqatlanish shart:
Nonushta; Tushlik; Kechki ovqat.
Asosiy taomni imkon boricha, qorin ochmasdan bir vaqtda iste’mol qilish kerak. Shuningdek, asosiy ovqatdan avval 1 stakan suv ichish lozim.
2-qoida.
Suv ichgandan so‘ng va asosiy ovqatdan avval xom sabzavotlar (pomidor, bodring, karam, rediska, bulg‘or qalampiri, qizil sabzi, turp, salat bargi va boshqa ko‘katlar)ni alohida yoki salat ko‘rinishida iste’mol qiling. Salatga uyda tayyorlangan mayonez, qatiq/sho‘r bo‘lmagan suzma yoki zaytun, kungaboqar moyi va limon sharbati qo‘shish mumkin.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati