Umarali Rahmonaliyev: «Kante ham hayotdagi, ham futboldagi kumirimdir»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 47
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 23:42
Keyingi yillarda o‘zbek futbolidan bir necha iqtidorli ijrochilar yetishib chiqishi yaxshi an’anaga aylandi.

Ayniqsa, o‘tgan yili 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida tashkil etilgan Osiyo chempionatida g‘olib chiqqan, keyinroq qit’a chempioni sifatida Argentinadagi jahon chempionatida yuqori saviyali o‘yin ko‘rsatgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasidan bir necha o‘yinchilar Yevropaning kuchli ligalarida o‘ynashni ko‘zlamoqda. Xususan, Abduqodir Husanov Fransiyani zabt eta boshlagan bo‘lsa, o‘sha terma jamoaning yana ikki yetakchisi - Abbosbek Fayzullayev va Umarali Rahmonaliyev Yevropa ligalariga Rossiya orqali yo‘l ochish variantini tanladi.

- Umarali, Qozonga kelganingizga ham bir yil bo‘ldi, lekin hamon klub bazasida yashayapsiz. Nega?

- Har ikki oyda terma jamoada o‘yinlarim bo‘lardi, doimiy tarzda safar qilishimga to‘g‘ri keldi, shu bois ijaraga uy olishni istamagandim. Bazada esa qulaylik bor, tartib-intizom va rejimga amalga qilish osonroq. Mashg‘ulotlardan keyin trenajyor zalida shug‘ullanib, tiklanib olishim mumkin. Bo‘ydoqman va bazada yashasam ham bo‘laveradi. Ota-onam hali Qozonga kelishgani yo‘q, singlimni o‘qishi bor, lekin yaqinda mehmonga kelishadi.

- Ular nima nima ish qilishadi?

- Otamning o‘z biznesi bor, onam esa o‘qituvchi. Namanganda yashashadi. Ularni Toshkentga ko‘chib o‘tishga ko‘p marotaba undadim, lekin hech ko‘nishmadi. Bizning o‘z hovlimiz bor. Ukam ham bor, yaqinda oltiga to‘ldi. U ko‘chada to‘p tepadi. Har doim futbolkalar va to‘plar olib kelishimni so‘raydi. Agar futbolga qiziqishi so‘nmasa, yordam beramiz, albatta.
- Futbolni qanday boshlagansiz?
- Men ham ko‘pchilik bolalar kabi mahalla ko‘chalarida boshlaganman. Keyin maktabdagi seksiyada 3 yil shug‘ullandim, undan keyin bizni sport maktabiga ko‘rikka chaqirishdi.
- «Bunyodkor» sizlarni qachon olib ketgan?
- 15 yoshimizda. Toshkentda turnir tashkil qilishdi va meni ko‘rikka chaqirishdi. Kelsak, yuzlab bolalar bor ekan. «Bunyodkor» top-klub va hamma uning akademiyasiga kirishni istardi. Kiyim almashtirish xonasida o‘tirsak, murabbiy kirib Umid Sultonovni (hozir «Bunyodkor»da o‘ynayabdi) ko‘rsatdi. Bir jamoadan uch kishi edik, faqat uni olisharkan. Keyin sekin chiqish eshigiga yo‘l oldik. Murabbiy ortimizdan chaqirdi va faqat ikki kishini olishini aytdi. Biz buni o‘z murabbiymizga aytdik. U kishi «Yo uchalangni oladi, yoki hech kimni, bo‘lmasa, boshqa akademiyaga - «Paxtakor»ga olib boraman», - dedi. Natijada bizni olib qolishdi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati