Tabiiy yo‘qotish va sifat buzilishini kamaytirish uchun meva-sabzavotni qadoqlashni yaxshilash masalalari ko‘rib chiqildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 47
- Формат: mp4
- Дата релиза: 18-03-2024, 23:02
Shuningdek, dehqonlardan mahsulotlarni yig‘ib, eksportchilar uchun yetkazib beruvchi ta’minotchilar faoliyatini tartibga solish, importi yuqori bo‘lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun import qilinadigan xom ashyoni bojxona to‘lovidan ozod etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Davlatimiz ushbu masalalar yuzasidan tadbirkorlar bilan batafsil fikr almashib, mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.
Meva-sabzavot va oziq-ovqat eksporti bo‘yicha Bosh vazir boshchiligida komissiya tuzilishi belgilandi, eksportni ko‘paytirishda ekin ekishdan boshlab, mahsulotni saqlash, qadoqlash, qayta ishlash va sotish zanjirini to‘liq qamrab oladigan uch yillik katta dastur qabul qilishga qaror qilindi.
Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarning hisoboti va rejalari tinglandi.