Turkiyaning MPlus kompaniyasi O‘zbekistonda ofisini ochadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 41
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 22:58
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Turkiyaning MPlus kompaniyasining Bosh operasion direktori Hakan Saran bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida MPlussning O‘zbekistonda ofisini ochish va shu yerdan rus, arab va yevropa mamlakatlari mijozlariga xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qaratildi.

MPlus kompaniyasi yaqin kelajakda O‘zbekistonda call-markaz agentlari uchun 60 kishidan 600 kishigacha bo‘lgan loyihani yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Kompaniya bugungi kunda aloqa markazlari, axborot texnologiyalari va boshqa yo‘nalishlarda mintaqaviy va global mijozlarni qo‘llab-quvvatlab keladi.

MPlus raqobatbardosh narxlarda samarali, yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish va zamonaviy texnologiyalar bilan xavfsiz IT infratuzilmasini ta’minlashga keskin e’tibor qaratgan holda o‘z hamkorlariga kengayish va moslashuvchanlik imkoniyatini taqdim etadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati