Rodri: Mavsum oxirigacha energiyani tejashga harakat qildim

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 25
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 22:44
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodrigo Ernandes joriy mavsumdagi o‘yini haqida fikr bildirdi.

"To‘g‘risi, tanamga ko‘proq g‘amxo‘rlik qilishga harakat qildim. Bu haqda jamoa bilan gaplashdim va o‘ylaymanki, dam olishga muvaffaq bo‘ldim.

Hammasi qanday o‘ynashingizga bog‘liq. Jamoangiz 3:0, 4:0 hisobida oldinda borayotgan uchrashuvlarda bor kuchingizni sarflamaysiz, mavsum oxirigacha energiyani tejashga harakat qilasiz. Bu yil men aynan shunday qildim. Menga bu tanaffus biroz nafas olishim, ruhiy va jismonan tiklanishim va borimni berishim uchun kerak", - dedi Rodri Manchester Evening News bilan suhbatda.

O‘tgan mavsumda ispaniyalik yarim himoyachi jamoadoshlariga qaraganda ko‘proq o‘yin o‘tkazdi (barcha musobaqalarda 56 ta o‘yin). Rodri yozda "shaharliklar" murabbiylariga bu sur’atda ishlashni davom ettira olmasligini aytgandi. Joriy mavsumda "shaharliklar" yarim himoyachisi 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 11 ta golga assistentlik qildi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati