Rasman! Lasioga yangi bosh murabbiy tayinlandi (foto)

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 26
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 22:40
Xorvatiyalik mutaxassis Igor Tudor "Lasio" bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda rimliklar matbuot xizmati xabar berdi. Tudor italiyalik murabbiy Maurisio Sarrining o‘rnini egalladi.

Tudorning murabbiylik faoliyati 2013 yilda, Xorvatiyaning “Xayduk” klubini boshqargan paytda boshlangan. 45 yoshli mutaxassisning so‘nggi ish joyi Fransiyaning "Marsel" klubi bo‘lgan. Xorvatiyalik murabbiy PAOK, "Karabyukspor", "Galatasaroy", "Udineze" va "Verona" kabi jamoalar bilan ham ishlashga muvaffaq bo‘ldi.

Hozirgi Italiya A Seriyasida "Lasio" turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda. Rimliklar 29 tur natijasiga ko‘ra 43 ochko to‘plashdi. Chempionlar ligasida Italiya jamoasi 1/8 final bosqichiga chiqdi va u yerda umumiy hisobda "Bavariya"ga yutqazdi (1:0, 0:3).








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati