Bavariya Barselona himoyachisi uchun katta pul sarflamoqchi emas

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 22:34
"Bavariya" "Barselona" himoyachisi Ronald Arauxoning holatini kuzatishda davom etmoqda.

Jurnalist Florian Plettenbergning yozishicha, ayni damda myunxenliklar agar de Ligt, Upamekano va Kim Min Chje klubda qolsa, Arauxoni xarid qilish uchun katta mablag‘ ajratishni rejalashtirmayapti.

Qayd etilishicha, Arauxoning o‘zi ham "Barselona" bilan mehnat shartnomasini uzaytirishga shoshilmayapti. Manbaning qayd etishicha, ko‘p narsa yangi murabbiy va "ko‘k-anorranglilar"ning moliyaviy ahvoliga bog‘liq.

Arauxo avvalroq o‘zini boshqa jamoada tasavvur qila olmasligini aytgandi. Joriy mavsumda futbolchi barcha turnirlarda 31 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan. Himoyachining "Barselona" bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati