7 nafar mansabdor shaxs ma’muriy jarimaga tortildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 41
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 22:32
Jumladan, Biznes-ombudsman tomonidan Qashqadaryo viloyati Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi (hozirda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga o‘tkazilgan) tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarida o‘tkazilgan tekshirishlarXususan, tadbirkorlarning infratuzilma va boshqa sohadagi muammolarini o‘z vaqtida hal etish faoliyat samaradorligining yanada ortishiga xizmat qiladi. Ayrim mansabdor shaxslar tomonidan esa tadbirkorlarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaslik va noqonuniy tekshirishlar ularning ayrim muammolari hal etilmasligiga sabab bo‘lmoqda. ning qonuniyligi yanvar oyida tahlil qilingan. Tahlil natijasida 50 dan ortiq qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Jumladan, boshqarma boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi F.T tomonidan qabul qilingan buyruqlar asosida tadbirkorlik sub’ektlarida vakolatli organni xabardor qilmagan holda noqonuniy tekshirishlar o‘tkazilgan.

Boshqarma tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarida profilaktika tadbirlari o‘tkazilmagan bo‘lsada, boshqarma boshlig‘i F.T tomonidan ularda tekshirish o‘tkazish to‘g‘risida buyruqlar qabul qilingan.

Shuningdek, ayrim tadbirkorlik sub’ektlarida tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqlarda tadbirkorlik sub’ektlarining nomlari qayd qilinmagan, buyruq bilan tekshiruv dasturi tasdiqlanmagan. Natijada aksariyat tekshirishlar tasdiqlangan savolnomasiz amalga oshirilgan.

Tekshirish o‘tkazish davomida tadbirkorlik sub’ekti rahbariga tekshiruvni o‘tkazishga asos bo‘lgan hujjatlar (tekshiruv o‘tkazish kelishilgani yoki vakolatli organ tekshiruv haqida xabardor etilganini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, nazorat qiluvchi organning tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i va tekshiruv dasturi) nusxalari taqdim qilinmagan hamda bu haqida yozma tilxat olinmagan.

Shu bilan birga, tekshiruvlarda Savdo-sanoat palatasining vakillari yoki tadbirkorlik sub’ektlari birlashmalarining vakillari, soliq maslahatchilari, tarjimon va (yoki) advokatlar jalb qilish huquqi tadbirkorlarga yozma ravishda tushuntirilmagan.
Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan boshqarmaning 7 nafar mansabdor shaxslariga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241-2-moddasi bilan ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.
Xususan, tadbirkorlarning infratuzilma va boshqa sohadagi muammolarini o‘z vaqtida hal etish faoliyat samaradorligining yanada ortishiga xizmat qiladi. Ayrim mansabdor shaxslar tomonidan esa tadbirkorlarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaslik va noqonuniy tekshirishlar ularning ayrim muammolari hal etilmasligiga sabab bo‘lmoqda.
Jumladan, Biznes-ombudsman tomonidan Qashqadaryo viloyati Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi (hozirda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga o‘tkazilgan) tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarida o‘tkazilgan tekshirishlarning qonuniyligi yanvar oyida tahlil qilingan. Tahlil natijasida 50 dan ortiq qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Jumladan, boshqarma boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi F.T tomonidan qabul qilingan buyruqlar asosida tadbirkorlik sub’ektlarida vakolatli organni xabardor qilmagan holda noqonuniy tekshirishlar o‘tkazilgan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati