Emine Erdo‘g‘an Chanoqqal’a jangi qahramonlariga hurmat bajo keltirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 45
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 22:14
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning rafiqasi Emine Erdo‘g‘an Turkiyada 18 mart kuni nishonlanadigan Halok bo‘lgan qahramonlarni xotirlash kuni va Chanoqqal’a jangidagi g‘alabaning yilligi munosabati bilan murojaat e’lon qildi.

«Chanaqqala ruhi qahramon ajdodlarimiz merosi bo‘lib, biz uni asrab-avaylashimiz kerak. Qadim zamonlardan buyon kurash ruhini yuragida olib yurgan va uni hamisha olib yuradigan turk millati yana qanchadan-qancha mardlik va azminlik dostonlarini yozadi. Chanoqqal’adagi o‘lmas G‘alabaning yilligi munosabati bilan shahidlarimizning xotirasini minnatdorlik va rahm-shafqat bilan hurmat qilaman», — deyiladi xabarda.

Turkiyada 18 mart, dushanba kuni Birinchi jahon urushidagi eng yirik va qonli janglardan biri bo‘lgan Chanoqqal’a jangidagi g‘alabaning 109 yilligini nishonlamoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati