Liverpul hujumchisi mart oyida Urugvay terma jamoasiga yordam bera olmaydigan bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 46
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 22:14
"Liverpul" hujumchisi Darvin Nunyes mart oyida Urugvay terma jamoasida o‘ynamaydi.

Jurnalist Rodri Vaskesning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, Nunyes yakshanba kuni Angliya kubogi doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinda olgan jarohati tufayli terma jamoaga yordam bermaydi.

Eslatib o‘tamiz, "Old Trafford"dagi o‘yindan so‘ng "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Nunyesning son tizzasida og‘riq sezayotganini aytgan edi.

Xabaringiz bor, "Liverpul" qo‘shimcha bo‘limlar yakunida mehmonda "Manchester Yunayted"ga 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Klopp jamoasi mamlakat kubogidan chiqib ketdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati