APL «Nottinghem Forest»ni 4 ochkodan mahrum qiladi – The Guardian

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 41
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 22:12
«Everton» va «Bernli» klublaridan keyin «Nottinghem Forest» APL tomonidan moliyaviy qoidabuzarlik uchun jazolanadi.

The Guardian xabariga ko‘ra, Premyer-liga «o‘rmonchilar»ni moliyaviy qoidabuzarlik uchun 4 ochkodan mahrum etishga qaror qilgan. Qoidaga binoan, klublar uch mavsum davomida 105 million funtdan ortiq pul yo‘qotishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. «Nottinghem» esa o‘tgan uch mavsumdan ikkitasini Chempionshipda o‘tkazgani uchun zarar miqdori 61 mln funtdan oshmasligi talab etilgandi, ammo klubning chiqimlari miqdori oshgan.

APL tez orada bu haqda rasman e’lon qilishi, «Nottinghem» esa apellyasiya berishi kutilmoqda. Klub qoidabuzarlikni tan olgan, ammo klub sotishi kerak bo‘lgan o‘yinchilar masalasida yuzaga kelgan muammolarni sabab sifatida ko‘rsatgan.

Ma’lumot o‘rnida, «Forest» 4 ochko yo‘qotsa, 21 ochko bilan 18-o‘ringa tushib ketadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati