Ronaldu faoliyatini qaysi klubda yakunlashini aytdi, bu Al Nassr emas

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 21:56
Saudiya Arabistonining “Al Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatini yakunlamoqchi bo‘lgan klub nomini aytdi.

39 yoshli portugaliyalikning tan olishicha, futbolchilik faoliyatini yakunlashdan oldin u o‘z vatanida to‘p tepishni xohlaydi.

“Faoliyatimni “Sporting”da yakunlayman. Men bu klubda bor-yo‘g‘i bir mavsum o‘tkazsam ham, jamoaga bo‘lgan hurmatimni namoyish etmoqchiman. Ular meni kashf etib, tarbiyalashdi. "Sporting" bo‘lmaganda, ehtimol, McDonald`s`da ishlayotgan bo‘lardim", - dedi futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu bir necha yil avval “Sporting”ga qaytish istagi haqida bergan intervyusida shunday bayonot bergan edi.

Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatining dastlabki qismini – 1997 yildan 2003 yilga qadar “Sporting”da o‘tkazgan. Forvard 2023 yildan beri Saudiya Arabistoni chempionatida “Al Nassr” safini himoya qilib kelmoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati