Putin Qizil maydonda Qrim bosib olinganining 10 yilligiga bag‘ishlangan konsertda chiqish qildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 42
- Формат: mp4
- Дата релиза: 18-03-2024, 21:52
Rossiya prezidenti saylovdagi raqiblari – Vladislav Davankov, Nikolay Xaritonov va Leonid Sluskiy bilan birga sahnaga chiqdi.
Putin o‘z nutqida Qrim «strategik muhim hudud» va «Rossiyaning faxri» ekanini aytdi.
«Novorossiyaga kelsak, Donbassga kelsak, odamlar [2014 yilda] ham o‘z oilalariga qaytish istagini bildirishgan. Ularning Donbass va Novorossiyadan o‘z vatanlarigacha bo‘lgan yo‘li ancha qiyin va fojiali bo‘lib chiqdi», — dedi Rossiya prezidenti.
Putin, shuningdek, ertalab Rostov-Donudan Donesk va Mariupolga temir yo‘l aloqasi qurilishi haqida ma’lum qilinganini aytdi. Prezidentning ta’kidlashicha, yaqin orada anneksiya qilingan Sevastopolga poyezdlar Qrim ko‘prigini aylanib o‘tib, harakatlana oladi.
Xaritonov: «Rossiya - Qrim - yagona Vatan» deb hayqirdi. Davankov va Slutskiy ham qrimliklarni «qo‘shilish» bilan tabrikladi.