Xitoy Belgiya bilan vizasiz rejim joriy qiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 27
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 21:50
Xitoy va Belgiya fuqarolik aviasiyasi xizmatlarini kengaytirmoqda. Shu tariqa, joriy yilning yozida Bryussel aeroporti yana Xitoy poytaxti Shanxay bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanadi.

Shanxay yo‘nalishini ochgan birinchi aviakompaniya Hainan Airlines. 18 iyundan boshlab haftasiga to‘rt marta ikki yo‘nalishda parvoz qiladi. Bryussel-Shanxay yo‘nalishi koronavirus pandemiyasidan so‘ng, havo qatnovi to‘xtatilgandan keyin tiklanmoqda.

Bundan tashqari, yangi Juneyao Air aviakompaniyasi Bryussel aeroportiga parvozlarni amalga oshiradi.

Ayni paytda belgiyaliklar va xitoyliklar ikki poytaxt Bryussel va Pekin o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni amalga oshirishlari mumkin.

Shuningdek, Xitoy hukumati shu oyda Belgiya fuqarolari mamlakatga 15 kungacha bo‘lgan sayohatlari uchun vizasiz bo‘lishini e’lon qildi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati