Bola necha yoshdan sport bilan shug‘ullanishni boshlashi kerak?

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-04-2024, 09:28
Farzandlar sog‘lom o‘sishi uchun ularning to‘g‘ri ovqatlanishi bilan birga, jismoniy faolligi muhim ahamiyatga ega.

Shu bois ota-onalar o‘g‘il-qizlari uchun sport to‘garagi tanlashda ularning yoshi, bo‘yi, jismoniy imkoniyatlari, xohishi va ayniqsa, mavjud kasalliklarini inobatga olishi zarur.

— Xususan, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan faqat badantarbiya mashqlari bajariladi, — deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi bo‘lim boshlig‘i Barno Odilova. — 4-5 yoshli o‘g‘il-qizlarni esa avval gimnastik mashg‘ulotlarda “toblab”, tanasini chiniqtirish maqsadga muvofiq. Sababi bu yoshdan keyin suyakning qayishqoqligi kamayib, bola ko‘pgina mashqlarni bajarishga qiynaladi. Insonning asab tizimi asosan 5-6 yoshdan mustahkamlana boshlashini inobatga olsak, sport bilan shug‘ullanish uchun bu palla eng maqbul davr hisoblanadi. Chunki bola bu vaqtda murabbiy bergan vazifalarni bajara oladigan yoshga yetadi.

6 yashar bolaning xohishiga ko‘ra istalgan sport to‘garagiga berish mumkin. Ammo bu davrda ular uchun eng foydalilari — suzish, badiiy gimnastika va futbol.

Bolalarda ko‘p uchraydigan skolioz kabi xavfli kasalliklarni 6-12 yoshgacha suzish, turnikda mashqlar bajarish va yengil atletika yordamida davolash mumkin. Ko‘rish qobiliyati past o‘g‘il-qizlar esa 9-11 yoshda stol tennisi va katta tennis bilan faol shug‘ullanishi lozim.

Salomatlik uchun barcha sport turi foydali bo‘lsa-da, ulardan ayrimlarini ma’lum davrlarda cheklash maqsadga muvofiq.
Masalan, tanasining rivojlanishi kechikayotgan 12-14 yosh oralig‘idagi o‘g‘il-qizlarga karate, taekvondo, dzyudo kabi og‘riq beruvchi usullarga boy sport turlari tavsiya etilmaydi. Aks holda bolaning bo‘yi o‘smay qolishi mumkin.
Xuddi shunday 9-12 yoshda og‘ir atletika bilan shug‘ullanish ham ma’qul emas. Chunki bu bolaga “og‘irlik” qilib, buyragi atrofini yog‘ qoplashiga olib keladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati