• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Qatar Isroil tomonidan jurnalistlarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilishni talab qilmoqda

Qatar Isroil tomonidan jurnalistlarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilishni talab qilmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 27
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 21:24
Qatar hukumati zamonaviy urushlar tarixida G‘azo sektorida jurnalistlar orasida qurbonlar eng ko‘p bo‘lganini ma’lum qilmoqda. Xabarga ko‘ra, BMTning Inson huquqlari kengashidagi Qatar vakili G‘azo sektorida jurnalistlarni himoya qilish muhimligini qayd etdi.

Abdulla Nosir an-Nemah G‘azo sektorida urush boshlanganidan buyon 130 dan ortiq jurnalist halok bo‘lgani, 16 nafar jurnalist yaralangani, yana 4 nafari bedarak yo‘qolganini bildirdi.

BMTning Inson huquqlari kengashidagi Qatar vakili, shuningdek, Isroil 25 nafar jurnalistni hibsga olgani va bu raqam daqiqa sayin ortib borayotganini qo‘shimcha qildi.

Al-Nemah bu sohada zudlik bilan mustaqil tekshiruv o‘tkazishga chaqirib, Isroilni bu jinoyatlari uchun javob berish va jazolash zarurligini BMTning inson huquqlari kengashidagi vakillariga ma’lum qildi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati