Xavining akasini kiyinish xonasida Oskar Klopp deb chaqirishini bilasizmi?

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 24
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 21:24
Xavinining akasini "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppga qiyoslashdi.

AS nashri xabariga ko‘ra, Oskar Ernandes "Barselona"ning kiyinish xonasida Oskar Klopp laqabini olgan. Bu uning tashqi ko‘rinishi va hissiy xatti-harakati bilan, shuningdek, diskvalifikasiya davrida ukasining vazifalarini bajarayotganda jamoaning natijalari bilan bog‘liq.

Oskar Ernandes bilan “ko‘k-anorranglilar” olti uchrashuvning barchasida g‘alaba qozondi, umumiy hisob 17:3.

Xavining akasi jamoani ilk bor 2022 yilning yozida AQSHda o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida boshqargandi. O‘shanda bosh murabbiy vizasi bilan bog‘liq muammolarga duch kelgandi. "Inter Mayami" 6:0 hisobida mag‘lub etilgandi.

La Ligada 2023 yilning 23 martida Xavi o‘rniga Oskar birinchi marta ishladi – o‘shanda "Valensiya" mag‘lub etilgan (1:0).

Ta’kidlanishicha, "Barselona" bosh murabbiyi "Atletiko Madrid"ga qarshi o‘yinda (3:0) qizil kartochka olgani uchun La Liganing ikkita o‘yiniga diskvalifikasiya qilinishi mumkin.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati