Roma posboni Serbiya terma jamoasiga borishdan bosh tortdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 33
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 21:14
Serbiya terma jamoasi ustozi Dragan Stoykovich "Roma"ning asosiy darvozaboni Mile Svilarning jamoa safiga chaqirilishdan bosh tortganiga izoh berdi.

"Biz hech narsani yo‘qotganimiz yo‘q, bu uning qarori, tafsilotlarga to‘xtalmayman, bu shaxsiy masala. Keling, unga faoliyatida yaxshi o‘ynashiga imkoniyat beraylik", - dedi Stoykovich Telegraf.rs bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu mart oyidagi xalqaro tanaffusda Serbiya terma jamoasi 21 mart kuni Rossiya terma jamoasiga, 25 mart kuni esa Kipr terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Yevro-2024da serblar Angliya, Daniya va Sloveniya terma jamoalari bilan bir guruhda o‘ynaydi. Serbiya jamoasining asosiy darvozaboni "Torino" futbolchisi Vanya Milinkovich-Savich hisoblanadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati