Rossiyadagi prezidentlik saylovlarining natijalari dunyo nigohida

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 23
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 21:10
Rossiyadagi prezidentlik saylovlarining natijalariga dunyoning bir qator davlatlari munosabat bildirdi:

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Vladimir Putinni prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabriklamasligini aytdi.

Oq uy Rossiya Federasiyasidagi saylovlarni na erkin, na adolatli deb atadi. Ular Vladimir Putin o‘zining potensial raqiblarini qamab qo‘ygani yoki saylovda qatnashishiga ruxsat bermaganini eslatishdi.

Yaponiya hukumati bosh kotibi Yosimasa Xayasi Vladimir Putinning dastlabki g‘alabasi haqida izoh berishdan bosh tortdi: “Mamlakatimiz Rossiyada bo‘lib o‘tgan saylovlarga izoh berishdan o‘zini tiyadi”, deb javob berdi Yaponiya bosh kotibi jurnalistning savoliga.

Polsha Tashqi ishlar vazirligi Rossiyadagi prezidentlik saylovlari qonuniy, demokratik va adolatli o‘tmaganini ma’lum qildi.

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid K`meron ovoz berish shartlari qonunlarga mos kelmasligini bildirdi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa Rossiya Federasiyasidagi saylovlarni noqonuniy deb atadi va xuddi shunday pozisiyada turgan G‘arb davlatlariga minnatdorchilik bildirdi.
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Vladimir Putinni g‘alaba bilan tabrikladi. Koreya markaziy telegraf agentligi xabariga ko‘ra, Shimoliy Koreya elchisi Rossiya tomoniga tabrik telegrammasi yetkazadi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati