WSJ: Chexiya Ukraina Qurolli Kuchlari uchun 800 ming snaryad sotib oldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 25
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 21:08

Bundan tashqari, Praga qo‘shimcha mablag‘lar hisobidan sotib olinishi mumkin bo‘lgan yana 700 ming snaryad topgan.

Nashrning yozishicha, Chexiya katta partiyadagi o‘q-dorilarni sotib olish uchun Yevropa Ittifoqi va NATOning byurokratik talablarini chetlab o‘tib, "Sovuq urush" davridagi aloqalarini faollashtirgan.

Nashr suhbatdoshlari etkazib beruvchilar orasida qaysi davlatlar borligini oshkor qilmagan, ammo bu davlatlar orasida "Rossiyaning bir nechta ittifoqchilari" borligini xabar qilgan.

Xarid qilingan paketga 300 ming dona sovet uslubidagi o‘q-dorilar va 500 mingga yaqin G‘arbda ishlab chiqarilgan snaryadlar kiradi. Ular Ukrainaga 2024 yil oxirigacha bir necha partiyalarda yetkaziladi, deb yozadi The Wall Street Jornal.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati