Sterling o‘zining kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 41
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 21:08
"Chelsi" vingeri Rahim Sterling o‘zining kelajagi borasida muhim qarorga keldi.

Evening Standard nashri xabariga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi jamoada qolib, tanqidchilarni tanqidi noto‘g‘ri ekanligiga ishontirmoqchi. Bir kun avval “Chelsi” muxlislari Sterlingga xushtakbozlik qilishdi. Futbolchi "Lester"ga qarshi kubok bahsida penaltini amalga oshira olmadi.

Manbaning qayd etishicha, Sterling yozgi transfer takliflarini, xususan Saudiya Arabistonidan keladigan yirik takliflarni e’tiborsiz qoldirishga tayyor. Rahim “Chelsi”da o‘ynashni davom ettirishga qaror qilgan.

2023/2024 yilgi mavsumda Sterling 36 ta rasmiy o‘yinda 8 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati