De Bryuynening o‘rnini kim egallashi ma’lum(mi)?

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 43
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 21:04
"Manchester Siti" yarim himoyachi Kevin De Bryuynening jamoani tark etishi mumkinligini yodda tutmoqda.

"Shaharliklar" belgiyalik futbolchining o‘rniga ko‘plab nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda va asosiylaridan biri "Vilyarreal" futbolchisi Aleks Baena. Bu haqda TodoFichajes nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, "Manchester Siti"ga 22 yoshli Baenani o‘z safiga qo‘shib olish unchalik oson bo‘lmaydi. Futbolchining "Vilyarreal" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi va "suv osti kemalari" Aleks uchun katta pul talab qiladi.

Transfermarkt portali yarim himoyachini 25 million yevroga baholamoqda. 2023/2024 yilgi mavsumda Aleks Baena 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va sheriklariga 13 ta golli uzatma berdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati