Robinyo zo‘rlash ayblovlari haqida: Men oq tanli italiyalik emasligim uchun hukm qilinganman

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 43
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 20:52
Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Robinyo Braziliyadagi sud jarayonidan bir necha kun oldin sukutini buzdi va Italiyada zo‘rlash uchun hukm qilingani haqida gapirdi.

"Agar oq tanli italiyalikga qarshi ayblovlar qo‘yilganda, hammasi boshqacha bo‘lardi. Menda ko‘p dalil borligini hisobga olsam, men sudlanmagan bo‘lardim", — dedi Robinyo Calciomercato bilan suhbatda.

20 mart, chorshanba kuni Braziliya Oliy sudi Robinyoning 9 yillik qamoq jazosini Italiyada o‘tashi yoki o‘z vatanida qolishi haqida qaror qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil fevral oyida Italiya jamoaviy zo‘rlashda ayblangan braziliyalik sobiq futbolchini hibsga olish uchun xalqaro order bergan edi. Voqea 2013 yilda sodir bo‘lgan va sud jarayoni 2017 yilda davom etgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati