Desham Grizmanning holati haqida fikr bildirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 22
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 20:40
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham terma jamoa futbolchilarining holatiga izoh berib, Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizmanning muammolari haqida gapirdi.

"Hozir tekshiruvlar o‘tkazilmoqda. Ertaga biz hisob-kitob qilishimiz kerak, ba’zi futbolchilarda kichik muammolar bor. Bugun va ertaga ertalab yakuniy qarorga kelamiz. Antuan Grizmanning to‘pig‘ida muammolar bor", - dedi Desham.

Eslatib o‘tamiz, 23 mart kuni Fransiya terma jamoasi Germaniya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Oradan bir necha kun o‘tib, 26 mart kuni Didye Desham shogirdlari Chili bilan uchrashadi.

Antuan Grizmann joriy mavsumda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati