• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • “Farg‘onada «Agrobank» sobiq mansabdorlarining kirdikorlari oshkor bO‘ldi. «Agrobank» munosabat bildirdi

“Farg‘onada «Agrobank» sobiq mansabdorlarining kirdikorlari oshkor bO‘ldi. «Agrobank» munosabat bildirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 43
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 20:22

Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Farg‘onada «Agrobank» sobiq mansabdorlarining kirdikorlari oshkor bO‘ldi, omonatchilarning biridan 600 mln. so‘m mablag‘i bankka kirim qilinmasdan, o‘zlashtirib yuborilgan” mazmundagi xabarlar yuzasidan «Agrobank» ATB Matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:

Bankning ichki audit xizmati tomonidan Farg‘ona filialida o‘tkazilgan audit tekshiruvlari davomida filial boshqaruvchisi lavozimida ishlab kelgan X.O. va boshqalar tomonidan 13.02.2023 yilda bankka 600 mln. so‘m pul topshirgan omonatchining ushbu pul mablag‘larini 07.03.2023 yilda boshqa maqsadlarda chiqim qilib, omonatchining plastik kartasiga o‘zlarining pullaridan bank orqali oyma-oy pul o‘tkazib kelib, o‘zlariga ishonib topshirilgan pul mablag‘larni o‘zlashtirib yuborilganligi aniqlangan.

Shuningdek, ichki audit xizmati tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda bankning sobiq mas’ul filial xodimlari tomonidan “Fergana-Oseana” ma’suliyati cheklangan jamiyat qo‘shma korxonasining 1,5 mlrd. so‘m mablag‘lari qalbaki hujjatlar asosida o‘zlashtirib yuborganligi ham ma’lum bo‘lgan.

Bundan tashqari, tekshiruv davomida bankning sobiq mansabdor shaxslari tomonidan kunlik kassa hujjatlari ma’lumotlarini soxtalashtirish yo‘li bilan 1,8 mlrd. so‘mni o‘zlashtirib yuborilganligi fosh etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Markaziy bank tomonidan 14.05.2008 yilda imzolangan «O‘zbekiston Respublikasi banklarida qonun buzilishi holatlari bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish va prokuratura organlariga taqdim etish to‘g‘risida»gi 304-B-sonli qo‘shma tartibga ko‘ra bank tomonidan o‘tkazilgan ichki audit tekshiruvlari davomida aniqlangan kamomad va talon-toroj holatlari bo‘yicha prokuratura organlariga hujjatlarni taqdim etish tartibi va asoslari belgilangan bo‘lib, Agrobankning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan tartibga asosan barcha zarur hujjatlar Farg‘ona viloyati prokuraturasiga yuborilgan.
Mazkur hujjatlar asosida Farg‘ona filiali sobiq mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va aybdor shaxslarga nisbatan tegishli ayblov e’lon qilinib, jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudiga yuborilgan, ish 27.12.2023 yilda ko‘rilib, sudning hukmiga asosan X.O. va boshqalarga nisbatan jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a, g» bandi va boshqa moddalari bilan tegishli jazolar tayinlangan va yetkazilgan zararlar aybdorlardan undirilgan.
Bank faoliyatida bu kabi qonun buzilishlarni fosh etish, ularga qarshi kurashish bankning Komplaens nazorati va Ichki audit xizmati tomonidan doimiy ravishda amalga oshirilib, bu borada huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan tegishli hamkorlik o‘rnatilgan.
Kelgusida ijtimoiy tarmoq faollaridan bu kabi holatlar bo‘yicha bankimizning ushbu tarmoqlariga hamda Matbuot xizmatiga murojaat qilishlari va o‘zlarini qiziqtirgan ma’lumotlarni aniqlashtirib olishlari mumkinligi eslatib o‘tildi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati