Irqchilik mojarosiga aralashib qolgan Acherbi Italiya terma jamoasidan chetlatildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 29
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 20:22
"Inter" himoyachisi Franchesko Acherbi irqchilikka asoslangan fikr bildirgani uchun Italiya terma jamoasidan chetlatildi, deya xabar beradi Italiya futbol federasiyasi rasmiy sayti.

Voqea 17 mart kuni A Seriyaning 29-turidan o‘rin olgan "Inter" – "Napoli" (1:1) uchrashuvida sodir bo‘lgandi. Neapolliklar futbolchisi Xuan Jezus Italiya terma jamoasi futbolchisining haqoratlari yuzasidan uchrashuv bosh hakamiga shikoyat qildi. O‘yindan so‘ng braziliyalik jurnalistlarga hamma narsani aytib berdi. Neapolliklar himoyachisi Acherbi kechirim so‘raganini qo‘shimcha qildi.

Mart oyida Italiya terma jamoasi ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi: Venesuela (21 mart) va Ekvador (24 mart).

Joriy mavsumda 36 yoshli Acherbi "Inter" safida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati