Tibbiyot muassasalari bosqichma-bosqich platformaga ulanadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 24
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 19:30
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ul xodimlari uchun seminar tashkil qildi.

Unda vazirlik Markaziy apparati, respublika darajasidagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari, hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmasi va tuman (shahar) tibbiyot muassasalari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi kadr bo‘linmasi rahbarlari hamda mutaxassislari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda tibbiyot muassasalarini hrm.argos.uz platformasiga ulash masalasi muhokama qilindi va yakuniy xulosaga kelingan.

Unga ko‘ra endilikda vazirlik, uning tizimidagi 1500 dan ortiq tashkilot va tibbiyot muassasalarida faoliyat yurituvchi 600 ming nafardan ortiq xodimlar bo‘yicha ma’lumotlar raqamlashtirilgan holda mazkur platformada yuritiladi, deyiladi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ma’lumotida.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati