Toshkent darvozalarining oltin kalitlari taqdiri nima bo‘lgan?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 50
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 19:28
Tarixdan ma’lumki, qadimda Toshkent shahrining 12 ta darvozasi bo‘lgan. Shahar darvozalari qorong‘i tushishi bilan yopilgan va ertalab tong saharda ochilgunga qadar hech kim shaharga kiritilmagan, hech kim shahardan chiqib ham ketolmagan.

Darvozalarni maxsus darvazabonlar qo‘riqlab turgan. Darvozalar yog‘ochdan yasalib, usti temir hoshiya bilan qoplangan, turli zulfinlari badiiy naqshlar bilan bezatilgan. Toshkent darvozalarining kalitlari sof oltindan yasalgan.

Hozirda ushbu kalitlarning namunalari poytaxtimizdagi Toshkent muzeyi ekspozisiyalarida namoyishga qo‘yilgan. Oltin kalitlarning asl nusxasi-chi, ularning taqdiri nima bo‘lgan?

Toshkent darvozalarining tarixi va uning kalitlari haqida muzey xodimi Munira Nasriddinova batafsil so‘zlab berdi. Uning aytishicha, Toshkent muhim geografik o‘rinda – Sharq va G‘arb mamlakatlari bilan savdo-sotiq yo‘lida joylashgan. Shu tufayli bu yerga uzluksiz savdo karvonlari kelib-ketib turgan.

O‘rta Osiyodagi boshqa shaharlar kabi Toshkent ham X asrda baland mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan. Asrlar davomida shahar hududi o‘zgargan va XIX asrga kelib qo‘shimcha mudofaa devorlari qurilib, yangi darvozalar o‘rnatiladi. Bu davrda shaharning 12 ta darvozasi to‘liq shakllangan. Ular Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Sag‘bon, Chig‘atoy, Ko‘kcha, Samarqand, Kamolon, Beshyog‘och, Qo‘ymas, Qo‘qon, Qashqar kabi nomlar bilan nomlangan.

PS: Toshkent darvozalari va uning kalitlari tarixi haqida batafsil quyidagi videohavolada tanishishingiz mumkin.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati