Inter bosh direktori: Xalqaro maydonda omad doim ham kuchlilarga kulib boqmaydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 22
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 19:08
"Inter" klubi bosh direktori Juzeppe Marotta jamoasini Chempionlar ligasidan chiqib ketishga loyiq emas edi deb hisoblaydi.

Uning fikriga ko‘ra, agar turnirda avvalgidek mehmondagi gol qoidasi amalda bo‘lganida "qora-ko‘klar" 1/8 finalda "Atletiko"dan o‘zib ketgan bo‘lardi.

Eslatib o‘tamiz, “Inter” o‘z maydonidagi ilk uchrashuvda 1:0 hisobida g‘alaba qozongan, safarda 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Penaltilar seriyasida Madrid klubi futbolchilari aniqroq harakat qilishdi va bu ularga Chempionlar ligasining keyingi bosqichiga chiqish imkonini berdi.

"Milliy chempionatlarda hamisha kuchli jamoa g‘alaba qozonadi. Xalqaro maydonda omad doim ham kuchlilarga kulib boqmaydi. Agar safardagi gol qoidasi bilan eski reglament bo‘lganida, biz yanada oldinga siljigan bo‘lardik.

Raqib bilan o‘rtamizda unchalik katta farq yo‘q edi", - deya Marottaning so‘zlarini keltiradi jurnalist Nikolo Skira.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati