Atmosferaga sun’iy ta’sir ko‘rsatilmoqdami?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 49
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 18:42

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondagi energetik muammolarni kuchayishida harorat o‘zgarishlari sababchisi "go‘yoki" atmosferaga sun’iy ta’sir ko‘rsatish fonida ro‘y berayotgani haqida ma’lumotlar tarqatilmoqda.

O‘zgidromet mazkur xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi xaqida o‘z munosabatini berib o‘tdi. Atmosferadagi o‘zgarishlar, boshqacha aytganda, ba’zan mavsumga xos bo‘lmagan turli ob—havo sharoitlari kuzatilishi bu dunyodagi iqlim o‘zgarishi samarasidir.

Sun’iy yomg‘ir yog‘dirish bilan bog‘liq atmosferaga ta’sir ko‘rsatish nafaqat O‘zbekiston, balki mintaqada ham hali amaliy boshlanmagan (o‘tgan asrning 70-90 yillari inobatga olinmasa). Qor ko‘chishi oldini olish yoki bahor-yoz mavsumida do‘l yog‘ishi oldini olish uchun qo‘llanilayotgan "Alazan" snaryadlarini havoga otish amaliyotlari bu havo oqimlari trayektoriyasini sezilarli o‘zgartirish kuchiga ega emas.

Ammo, ushbu yo‘nalishda ilmiy sfera tomonidan chuqur ilmiy izlanishlar, mintaqa sharoiti, suv taqchillik prognozlari, iqtisodiyotidan kelib chiqib, turli uslubiyatlar ishlab chiqish ustida bosh qotirilmoqda.

Chunki, kelgusida mintaqaning tekislik hududlari, xatto tog‘ etaklari va tog‘larda ham sun’iy yomg‘ir va shunga o‘xshash boshqa atmosferaga ta’sir ko‘rsatish jarayonlariga extiyoj yuqori bo‘ladi. Albatta, mazkur jarayonlar mintaqada mamlakatlar kelishuvi, tinchlik yo‘lida amalga oshiriladi. Bu bo‘yicha jahon miqyosida majburiyatlar mavjud.
Hissadan qissa shuki, O‘zgidromet yoki boshqa tuzilmalar atmosferaga qandaydir ta’sir ko‘rsatib, energetik muammolarni keltirib chiqarayotgani to‘g‘risidagi xabarlar bu hech qanday tayinli asoslarga ega emas.
Chunki, zamonaviy iqlim modellari so‘nggi yillar 2-3 kunlik ob-havo prognozini yuqori aniqlikda taqdim etmoqda. Bu "atmosferaga ta’sir ko‘rsatib, ob-havo sharoitlari o‘zgartirilyapti" degan konspriologik fikrlarni nolga aylantiradi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati