Evropa Ittifoqi Rossiyadagi prezidentlik saylovi bo‘yicha bayonot berdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 51
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 18:40

EI mazkur saylovda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashhkikoti (EXHT) kuzatuvchilari ishtirok etmaganidan afsus bildirdi va qattiq cheklovlar sharoitida o‘tgan ovoz berish jarayonini tanqid qildi.

Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqining bayonoti Rossiyadagi saylov natijalarini tan olinmasligini bildirmaydi. Bayonotda faqatgina Yevropa Ittifoqi Ukrainaning anneksiya qilingan hududlaridagi saylovni tan olmasligi qayd etilgan.

"Ukrainaning bosib olingan hududlardagi “saylov” deb atalmish jarayon Rossiya tomonidan xalqaro huquq, jumladan, BMT Nizomi, shuningdek, Ukrainaning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligining yana bir ochiq-oydin buzilishini ko‘rsatadi", — deya munosabat bildirgan Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel.

Avvalroq, Germaniya, Litva va Polsha hukumati vakillari Rossiyada o‘tkazilgan prezidentlik saylovi natijalarini tan olmasliklari haqida e’lon qilishgan edi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati