Farg‘onada Open byudjetga ovoz yig‘ayotgan shaxsni IIO xodimlari olib ketdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 45
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 18:32
Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan "Open byudjet"ga ovoz yig‘ayotgan shaxsni IIO xodimlari olib ketishdi mazmunidagi videoxabar Farg‘ona viloyati IIB tomonidan o‘rganib chiqildi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 18 mart kuni fuqaro SH.Q. tanishlari bilan O‘zbekiston tumani Yaypan bozori oldida, yo‘lning qatnov qismida avtomashinalarga xalaqit berib, odamlarni atrofiga to‘plab, "Open Byudjet"ga ovoz yig‘ayotgan payt, shu yerdagi fuqaroning telefoni yerga tushib ketgani uchun o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan.

Shu sababli, IIO xodimlari u yerga yetib borishgan. Xodimlar kelishmovchilikni bartaraf qilib, fuqaro SH.Q.ga yo‘l chetida turib, faoliyatini davom ettirishi tushuntirilganda, u xodimlarning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, faol qarshilik ko‘rsatgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro SH.Q.ga nisbatan MJtKning 194-moddasiga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organiga taqdim qilindi. Sud fuqaro SH.Q.ga nisbatan ba’zaviy xisoblashning to‘rt baravari miqdorida jarima jazosi tayinladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati