Acherbi Italiya terma jamoasidan chetlatildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 25
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 18:08
Himoyachi Franchesko Acherbi Italiya terma jamoasining mart oyidagi yig‘iniga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatidan chiqarildi.

Acherbi yakshanba kungi A Seriya o‘yinida "Napoli" futbolchisi Joan Jesusni irqiy haqorat qilganlikda ayblangan. Dushanba kuni ertalab futbolchi Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spaletti va "Adzurra"ning boshqa futbolchilariga tushuntirish bergan.

Achebrining so‘zlarida hech qanday irqchilik topilmadi, ammo o‘yinchi "jamoa va o‘yinchining o‘zi tinchligini kafolatlash uchun" baribir chetlatildi. Mart oyida Italiya terma jamoasi Venesuela va Ekvadorga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati