Vinisius Ispaniyaga qarshi o‘yinni intiqlik bilan kutmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 45
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 17:56
Braziliya terma jamoasi Angliya (23 mart) va Ispaniya (26 mart) bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi. "Selecao" hujumchisi Vinisius Junior bu borada fikr bildirdi.

“Mening uyim bo‘lmish “Bernabeu”da, “Real Madrid” muxlislari qarshisida Braziliya libosda o‘ynash menga katta tuyg‘u bag‘ishlaydi. Eng yaxshilarga qarshi o‘ynash har doim yoqimli. Aynan mana shunday uchrashuvlarda o‘z kuchimizni namoyish eta olamiz. Biz boshidanoq chiroyli futbol o‘ynash uchun bor e’tiborimizni qaratishimiz kerak", - deya Vinisius so‘zlarini keltirmoqda AS.

Eslatib o‘tamiz, kelgusi yozda Braziliya terma jamoasi Amerika kubogida ishtirok etadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati