AIIB O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 670 million dollar ajratadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 45
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 17:40
Osiyo infratuzilma sarmoyalari banki (AIIB) O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatning inklyuziv va barqaror bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonini ilgari surish uchun 670 million dollar miqdorida kredit ajratadi, deb xabar bermoqda «Podrobno.uz» muxbiri.

Ushbu loyihada qarz oluvchi sifatida O‘zbekiston Iqtisodiyot va Moliya vazirligi ishtirok etmoqda.

Loyiha O‘zbekiston hukumatiga bozorlarni shakllantirish, fiskal risklarni boshqarishni takomillashtirish, ijtimoiy inklyuziya va ekologik barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash kabi qator sohalarda islohotlarni amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Loyiha energetika, qishloq xo‘jaligi, temir yo‘l va kimyo sohalarida qator sohaviy islohotlarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Islohotlar, o‘z navbatida, atrof-muhitga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan bozorlarni yaratishga, O‘zbekistonning fiskal boshqaruv va xarid tizimlarini takomillashtirishga hamda iqtisodiy zarbalarga eng zaif bo‘lganlar uchun ijtimoiy dasturlarni takomillashtirish orqali ijtimoiy inklyuziya va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan. Ular, shuningdek, pandemiyadan keyingi davrda sog‘liqni saqlash va davlat xizmatlari samaradorligini oshiradi.

AIIB investision operasiyalar bo‘yicha vise-prezidenti Konstantin Limitovskiy O‘zbekistonni barqaror bozor iqtisodiyotiga o‘tishda qo‘llab-quvvatlash bankning uzoq muddatli barqaror rivojlanish uchun infratuzilmani moliyalashtirish missiyasiga mos kelishini ta’kidladi.

Loyiha COVID-19 inqirozidan xalos bo‘lish maxsus jamg‘armasi doirasida qo‘llab-quvvatlanadi va Jahon banki tomonidan birgalikda moliyalashtiriladi. U O‘zbekiston Iqtisodiyot va Moliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi, u dasturni amalga oshirish va loyihada ishtirok etuvchi davlat organlari bilan muvofiqlashtirish uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati