Ramazon oyi va Navro‘z bayramining osoyishta o‘tishi uchun barcha choralar ko‘rilgan

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 47
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-03-2024, 16:52
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmati rahbari Muzifa Sultonova shu haqda ma’lumot berdi:

– Yurtimizda xalqimizning sevimli ayyomi – Navro‘z nafasi kezib yuribdi. Shu bilan birga, yurtdoshlarimiz yuksak qadrlaydigan Ramazon oyi davom etmoqda.

Mana shunday kunlarda tinchlikni, xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan harakatlar kuchaytirildi. Zero, har qanday ayyom fayzi osoyishtalik va xotirjamlik bilan.

Shu kunlarda yurtimizdagi 2 ming 92 masjidda «Taroveh» namozlari o‘qilmoqda. Bunday paytda jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga 14 ming nafardan ortiq xodim va harbiy xizmatchilar jalb etilgan. Masjidlar va ularning atrofidagi hududlarda fuqarolarning xavfsizligi ta’minlanib, jamoat tartibi buzilishi hamda favqulodda holatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmasligi to‘liq nazoratga olingan.

Hududiy hokimliklar bilan birgalikda bevosita avtomobil yo‘llariga yondosh joylashgan masjidlar atrofidagi yo‘llarda transport vositalarining harakatini vaqtinchalik cheklash choralari ko‘rilmoqda. Fuqarolar hayoti va salomatligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan harakatlar sodir etilishining oldini olish maqsadida masjidlarga kirish joylarida beton yoki metall to‘siqlar o‘rnatilgan. Masjidlardan 150 metr uzoqlikda alohida avtoturargohlar tashkil etilgan.

Serqatnov ko‘chalarda joylashgan masjidlar qarshisi va unga olib boruvchi ko‘chalarda piyodalar o‘tish joylariga yo‘l yotiq chiziqlarni chizish, yo‘l belgilarini o‘rnatish va yo‘l harakatini tartibga soluvchi texnik vositalarga o‘z vaqtida va sifatli xizmat ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda.
Avtoturargohlarda o‘g‘rilik jinoyatlari sodir etilishining oldini olish maqsadida Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari hamda jamoatchilik vakillaridan iborat patrullik guruhlari tashkil etilgan.
Xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati va ezgu qadriyatlarini o‘zida yaqqol mujassam etgan Navro‘z bayrami esa 219 ob’ektda o‘tkazilishi belgilangan.
Bayram kunlari fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash uchun 22 ming 383 nafar xodim va harbiy xizmatchilar safarbar etildi. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida 3 ming nafardan ortiq zaxira guruhlari tashkil etilgan.
Joriy yilda Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish borasida, bayram tadbirlarini xavfsiz sharoitda o‘tkazish maqsadida 1 martdan boshlab respublikaning barcha hududlarida keng qamrovli «Xavfsiz hudud» profilaktik tadbirlari boshlangan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati